AsosiyJinoyat

Ishga kiritishni va`da qilgan firibgar ayolga nisbatan hukm o`qildi

'Ishga kiritishni va`da qilgan firibgar ayolga nisbatan hukm o`qildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston. 29 yoshli Zulxumar J. Nukus shahrida yashovchi 61 yoshli T.S.ga uning o`g`li 32 yoshli O.A.ni o`zining mansabdor tanishlari orqali 900 AQSh dollari evaziga Qo`ng`irot tumanidagi “O`zKorgaz” korxonasiga ishga joylashtirib berishni va`da qilgan., 2019 yil 7 iyun kuni 500 AQSh dollari va 01 iyul kuni 400 AQSh dollari jami 900 AQSh dollari pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, aldab fuqaro O.A.ni ishga kiritmasdan, olgan pullarini o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro Zulxumar J.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha Zulxumar J.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 2019 yilning 06 noyabr kuni jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Nukus shahar sudining 2019 yil 06 dekabr kundagi hukmiga ko`ra, Zulxumar J. yuqorida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.   

    Boshqa yangiliklar