AsosiyJamiyat

Rasman: Vazirlar Mahkamasi a`zolarining tarkibi tasdiqlandi. Ular kimlar? (ro`yxat)

'Rasman: Vazirlar Mahkamasi a`zolarining tarkibi tasdiqlandi. Ular kimlar? (ro`yxat)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o`z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil 21 yanvardagi qarorlariga muvofiq, Bosh vazir lavozimiga A.N. Aripov tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 22 yanvardagi tegishli qarorlariga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a`zoligiga nomzodlar ma`qullangan.

1. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga muvofiq:

Aripov Abdulla Nigmatovich – Bosh vazir;

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich – Bosh vazirning birinchi o`rinbosari;

Kuchkarov Djamshid Anvarovich – Bosh vazirning o`rinbosari –O`zbekiston Respublikasi moliya vaziri;

lavozimi bo`yicha – Bosh vazirning investisiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo`yicha o`rinbosari;

lavozimi bo`yicha – Bosh vazirning ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha o`rinbosari;

Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich – Bosh vazirning o`rinbosari –O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi;

Basitxanova Elmira Irkinovna – Bosh vazirning o`rinbosari –O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi;

 

Vazirliklar

Kamilov Abdulaziz Xafizovich – Tashqi ishlar vaziri;

Xodjaev Batir Asadillaevich – Iqtisodiyot va sanoat vaziri;

Davletov Ruslanbek Kuroltaevich – Adliya vaziri;

Kurbanov Baxodir Nizamovich – Mudofaa vaziri;

Bobojonov Po`lat Razzaqovich – Ichki ishlar vaziri;

Umurzakov Sardor Uktamovich – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri;

Xodjaev Jamshid Abduxakimovich – Qishloq xo`jaligi vaziri;

Xamraev Shavkat Raximovich – Suv xo`jaligi vaziri;

Xusanov Nozim Baxtiyorovich – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri;

Shadmanov Alisher Kayumovich – Sog`liqni saqlash vaziri;

Madjidov Inom Urishevich – Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri;

Shermatov Sherzod Xotamovich – Xalq ta`limi vaziri;

Shin Agrippina Vasilevna – Maktabgacha ta`lim vaziri;

Nazarbekov Ozodbek Axmadovich – Madaniyat vaziri;

Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri;

Saliev Muzaffar Xaldarbaevich – Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri;

Abduraxmonov Ibroxim Yulchievich – Innovasion rivojlanish vaziri;

Nabiev Dilmurod Xamidullaevich – Jismoniy tarbiya va sport vaziri;

Zakirov Batir Irkinovich – Qurilish vaziri;

Ganiev Elyar Majidovich – Transport vaziri;

Sultanov Alisher Saidabbasovich – Energetika vaziri;

lavozimi bo`yicha – Favqulodda vaziyatlar vaziri;

 

Davlat qo`mitalari

Azimov Murotjon Berdialievich – Davlat bojxona qo`mitasi raisi;

Musaev Bexzod Anvarovich – Davlat soliq qo`mitasi raisi;

Gulyamov Baxtiyor Vaxabovich – Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi raisi;

Ismoilov Oybek Ortiqovich – Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi raisi;

Begalov Baxodir Abdusalomovich – Davlat statistika qo`mitasi raisi;

Abdullaev Abdushukur Xamidovich – Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisi;

Kuchkarov Baxrom Tulkinovich – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi;

Islamov Bobir Farxadovich – Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi raisi;

Norqobilov Baxromjon Turaevich – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi;

Bakirov Nizomidin Jalilovich – O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi raisi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a`zolari etib tasdiqlansin.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining boshlig`i O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo`yicha kiradi.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoev

    Boshqa yangiliklar