Му5
5

Qozog`istonning bir necha hududida sovuq ob-havo tufayli maktablar yopildi

Dunyo 25.01.2020, 19:55
Теглар: maktab, sovuq, Qozog`iston
522
Qozog`istonning bir necha hududida sovuq ob-havo tufayli maktablar yopildi

Nursultonda birinchi smenada o`qiydigan 0 — 11 sinf maktab o`quvchilari hamda 1-2-kurslarda tahsil oladigan kollej talabalari uchun darslar qoldirildi. Bu haqda shahar ta`lim boshqarmasiga tayanib «Regnum» xabar berdi.

Ayrim maktablarda ikkinchi smenada o`qiydigan 1-2-kurs kollej talabalari hamda barcha sinfdagi maktab o`quvchilarining mashg`ulotlari bekor qilingan. Darslarning qoldirilishi ob-havo sharoiti yomonlashishi bilan bog`liq.

Nursulton favqulodda vaziyatlar departamenti ma`lumotiga yaqin bir necha kun ichida havo harorati -28 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.

Semipalatinsk ta`lim boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, shahar maktablarida birinchi smenada o`qiydigan 1 — 9 sinf o`quvchilarining ham darslari bekor qilingan.

Шарҳлар