Му5
5

Bugun Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlar va kasallikdan vafot etganlar qanchani tashkil qilmoqda?

Dunyo 26.01.2020, 11:31
760
Bugun Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlar va kasallikdan vafot etganlar qanchani tashkil qilmoqda?

26 yanvarda Xitoyda koronavirusning yangi turi bilan tasdiqlangan pnevmoniya holatlari soni 2200 kishiga etdi. Bu haqda tass.ru xabar bermoqda.

XXR hududlaridagi gigiena va sog`liqni saqlash qo`mitalari tomonidan e`lon qilingan axborot xabarlariga ko`ra, vafot etganlar soni esa 56 nafarni tashkil etmoqda.

Deyarli 2,7 ming kishi koronavirus bilan kasallangan deb taxmin qilinmoqda, ammo ularning tashxisi hali tasdiqlanmagan. 

Zararlanish holatlarining yarmidan ko`pi (1052) kasallik tarqalishining boshlang`ich o`chog`i bo`lgan Xubey provinsiyasiga to`g`ri kelmoqda. Chjeszyan (104 ta holat), Guandun (98) va Xenan (83) provinsiyalarida ham kasallanish holatlari ko`paygan.

Шарҳлар