my5

Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

Jamiyat 06.02.2020, 20:49
Теглар: Xodim, hokim, ​Namangan
1208
Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.

Viloyat hokimligi tomonidan mazkur holat yuzasidan o`rganish o`tkazildi. Audioda qayd etilgan yozuvning viloyat hokimligi xodimiga tegishli bo`lgani aniqlandi, deya ma`lum qildi hokimlik Matbuot xizmati. 

Viloyat hokimligi xodimi tomonidan yozilgan tushuntirish xatidan ma`lum bo`lishicha, uni mazkur leksikaga majburlagan sub`ektiv holatlar mavjud bo`lgan. Biroq hech qanday sabab, davlat xizmatchisiga o`z xizmat vazifasini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarmasligiga hamda fuqarolar bilan muloqot chog`ida umume`tirof etilgan axloq qoidalariga zid bo`lgan so`zlardan foydalanishga asos bo`la olmasligi qayd etiladi hamda viloyat hokimligi xodimining ushbu hatti-harakati keskin qoralanadi.

Viloyat hokimligi tomonidan ushbu xodimga nisbatan intizomga xilof nojo`ya harakat sodir etilganlik fakti bo`yicha hayfsan qo`llash to`g`risida buyruq chiqarildi hamda bunday holatning takrorlanishi mehnat shartnomasini bekor qilinishiga olib kelishi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Шарҳлар

Namanganda bir nechta shifokorning toifa sertifikati qalbaki bo`lib chiqdi

17.10.2020, 17:57

Namanganda bir nechta shifokorning toifa sertifikati qalbaki bo`lib chiqdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.Ma`lum bo`lishicha, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy...
Namanganda videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 100 AQSh dollari so`ragan shaxs aniqlandi

16.10.2020, 21:48

Videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 100 AQSh dollari  Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.2020 yil 3 oktyabr kuni, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1999...
Ahmadjon Mamadjanov Namangan viloyati hokimi yordamchisi etib tayinlandi

06.10.2020, 22:17

Ahmadjon Mamadjanov Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning yordamchisi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lumot uchun, Ahmadjon Mamadjanov 1989 yilda Namangan shahrida tug`ilgan....
Namanganda piyodalarni urib yuborgan “Spark” ariqqa quladi

05.10.2020, 21:26

 Piyodalarni urib yuborgan “Spark” ariqqa quladi.Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.Shu yil 30 sentyabr kuni soat 18:45 larda, Namangan shahar Nurafshon MFY...