Koronavirusning yashirin davri 14 kun emas ekan...

Salomatlik 11.02.2020, 18:28
Теглар: konavirus,
16128
Koronavirusning yashirin davri 14 kun emas ekan...

Koronavirusning yashirin davri 14 kun emas, ayrim hollarda bundan oshiqroq, ko`pi bilan 24 kunni tashkil etishi mumkin. Ma`lumki avval bu virusning yuzaga chiqish davri 14 kun deyilib kelingan.

Bu haqda maxsus tadqiqot guruhi a`zosi Guan Veysze “Xunsin Sinven” nashriga ma`lum qilgan.

Ma`lumot matnida mamlakatning 31 ma`muriy hududidan olingan tasdiqlangan virusning 1099 namunasi tahlili natijasiga ko`ra, virusga chalinishdagi yashirin davr 3 kundan boshlanib, faqat ayrim hollardagina 24 kungacha davom etishi mumkinligi qayd etilgan.

“24 kunlik davr hozircha faqatgina bir holatda kuzatildi”, deb ta`kidladi Guan Veysze.

Шарҳлар