13

"O`zbekkino" Belarussiyada "Ilhaq" filmining harbiy sahnalarini suratga olishni boshladi

Madaniyat 13.02.2020, 10:33
1285
"O`zbekkino" Belarussiyada "Ilhaq" filmining harbiy sahnalarini suratga olishni boshladi

“O`zbekkino” Ikkinchi Jahon urushidagi g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan “Ilhaq” filmining O`zbekistondagi suratga olish jarayonini yakunladi. Shu bilan birga, agentlik rahbariyati filmni suratga olish guruhi Belorussiyaga yuborilgani, u erda film uchun harbiy sahnalar suratga olinishini ma`lum qildi.

“Ilhaq” tarixiy filmi bo`lgan voqealarga asoslangan. Ushbu film urushda beshta o`g`lini: Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjon Xolmatovlarni yo`qotgan Toshkent viloyatining Zangiota tumani Xonobod qishlog`ida yashagan Zulfiya Zokirovaning fojiali hayoti haqida hikoya qiladi. .

Filmni yaratish g`oyasi shaxsan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tegishli, - dedi "O`zbekkino" rahbari Firdavs Abduxoliqov. 

Dastlab film faqat O`zbekiston hududida ro`y bergan voqealar haqida suratga olinishi kerak edi. Ammo keyinchalik ssenariy Zulfiya Zokirovaning o`g`illari qanday qilib qahramonona jang qilgani va jang maydonlarida halok bo`lganligi tasvirlangan jang sahnalari ssenariyga kiritildi”, dedi film rejissyori Jahongir Ahmedov. - Biz allaqachon “Belarusfilm"da bo`lganmiz va hamkasblar bilan ushbu film ustida birgalikda ishlash to`g`risida kelishib olganmiz, - deya qo`shimcha qildi Ahmedov.

                “Ikkinchi Jahon urushidagi dahshatli janglarda o`z jonini fido qilgan o`zbek xalqining jasorati va mardligini namoyish etish biz uchun juda muhimdir, chunki bizda jang maydonlaridagi askarlarimizning jasoratini aks ettiruvchi harbiy filmlar deyarli yo`q. Shu munosabat bilan biz hukumatga ushbu g`oyani amalga oshirish uchun qo`shimcha 200 ming dollar ajratgani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deya ta`kidlab o`tdi Firdavs Abduxoliqov.

Шарҳлар