13

O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov haqida film ishlanmoqda

Madaniyat 17.02.2020, 10:28
1262
O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov haqida film ishlanmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”da O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov haqida “San`atdagi san`at” nomli hujjatli film ishlanmoqda.

Filmda San`at Devonov shaxsi, uning hayot va ijod yo`li aks ettiriladi. Taniqli san`atkor shaxsiga “U san`at bilan bir hodisa bo`lib ketgan, ya`ni san`atdagi San`at. Go`yo san`at desa San`at akani, San`at akani desa bevosita san`atning o`zini tushungandek”, deb ta`rif beriladi filmda. 

Ayni vaqtda ijodiy guruh – rejissyor Murodjon Odilov, operator Anvarxon Qosimov, kartina direktori Oybek Sodiqov, ovoz rejissyori Abduqaxxor Karimovlar Xiva shahrida filmni tasvirga olishmoqda.

San`at Devonov kino va teatr olamida birdek salmoqli ijod qilgan. O`zbek kinotomoshabini uni milliy kinematografiyaning durdona asarlaridan biri "Maftuningman" filmi orqali yaxshi taniydi. Uning kinodagi ilk roli "Amirlikning intihosi" filmidagi Sherali roli edi (1954). Marhum aktyorning filmografiyasida 25ta film bor. "Ulug`bek yulduzi", "Olovli yo`llar", "Alpomish" shular jumlasidan.

 

Шарҳлар