Xorazmda lotereyadan spark yutug`i chiqdi. Lekin bank xodimi yutug`ni fuqarodan tortib olmoqda (video)

Jamiyat 18.02.2020, 11:50
1990
Xorazmda lotereyadan spark yutug`i chiqdi. Lekin bank xodimi yutug`ni fuqarodan tortib olmoqda  (video)

Internet tarmoqlarida kuzatuvchilarni e`tiborini tortgan yana bir video tarqaldi. 

Unda, 16 fevral kuni soat taxminan 14:00 da Xorazm viloyati ShOVOT tumani markaziy dehqon bozorida Xalq banki tomonidan sotuvga chiqarilgan lotereyani o`ynagan  fuqaro  lotereyani sotib olgani voqeasi aks ettirgan. 

Hozircha ismi noma`lum bo`lgan fuqaro lotereyani maxsus joyini o`chirgan va lotereya yutug`iga SPARK mashinasi chiqqan. Ammo o`sha joyda lotereya sotuvchisi (Xalq banki xodimi) o`sha yutuqli lotereyani fuqaroning qo`lidan yulib olgan va unga 1000 AQSh dollari taklif qilgan. Fuqaro rozi bo`lmay lotereyani berishini talab qilgan. Sotuvchi esa u erdan qochishga uringan, ammo boshqa fuqarolar uning ketishiga yo`l qo`ymay, milisiya xodimlariga xabar qilishgan. Hozircha bo`lib o`tgan holat haqida hech qanday rasmiy ma`lumotlar yo`q. 

 

Шарҳлар