AsosiyJinoyat

Andijonda 50 ming AQSh dollari evaziga erini o`ldirish uchun odam yollagan tadbirkor ayol qo`lga olindi

'Andijonda 50 ming AQSh dollari evaziga erini o`ldirish uchun odam yollagan tadbirkor ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Asaka tumanida ayol o`z erini o`ldirish uchun qotil yolladi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, 2020 yil 9 fevral kuni soat 21:00 larda Asaka tumanidagi “Gumbaz” kafesi oldida 1984 yilda tug`ilgan ayol O.D. fuqaro A.A. bilan ko`rishib, turmush o`rtog`i, 1985 yilda tug`ilgan A.Sh. ni o`ldirish evaziga 50 ming AQSh dollari va`da qilib, unga oldindan 6000 AQSh dollari bergan.

Shuningdek, O.D. fuqaro A.A.ning tanishi J.E. bilan Asaka shahridagi 55-sonli maktab oldida ko`rishib, A.A.ga berib qo`yish uchun 2 juft sariq metaldan yasalgan ayollar bilak uzugi va 1 dona sariq metaldan yasalgan ayollar zanjirini bergan.

Shundan so`ng, 2020 yil 14 fevral kuni soat 22:30 larda A.A. va J.E.lar A.Sh.ni o`ldirganliklari haqida O.D. ga xabar berib, u bilan Asaka shahridagi “Iris” kafesi binosida ko`rishishadi.

Ayol erining o`ldirilganligi aks etgan fotosuratni J.E.ning telefon apparati orqali ko`rib, ishonch xosil qilib, evaziga oldindan va`da qilingan pullar hisobidan ayollar zanjiri, ayollar brasleti, ayollar uzuklari va ayollar sirg`asini bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Asaka tuman prokuraturasi tomonidan O.D.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda u ushlangan.

    Boshqa yangiliklar