13

JICA o`zbekistonlik sportchilar uchun maxsus grant ajratdi

Sport 21.02.2020, 19:32
Теглар: grant, sportchi
565
JICA o`zbekistonlik sportchilar uchun maxsus grant ajratdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan O`zbekistonda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga qaratilgan bir qator loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda.

2019 yil 2 dekabr kuni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yaponiyaning Xalqaro aloqalar agentligi (JICA) va “So-innovation laboratory” tashkiloti bilan hamkorlikda “Imkoniyati cheklangan insonlarni sport bilan shug`ullanish orqali ijtimoiy moslashuvini qo`llab-quvvatlash” mavzusida seminar-trening o`tkazilgan edi.

O`tkazilgan seminar-trening natijasida universitetning “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi Yaponiyaning Xalqaro aloqalar agentligining (JICA) 38 mln so`mlik xalqaro mini-grantini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Ushbu mini-grant bo`yicha universitet talabalari uchun maxsus sport trenajerlari mamlakatimizga olib kelindi.

Шарҳлар