AsosiyJinoyat

Toshkentda Germaniyaga yuborishni va`da berib, fuqaroni "yaxshiginaga tushirgan" MChJ rahbari qo`lga olindi

'Toshkentda Germaniyaga yuborishni va`da berib, fuqaroni "yaxshiginaga tushirgan" MChJ rahbari qo`lga olindi'ning rasmi

Hamyurtlarimiz orasida o`ziga ishonch bildirgan sodda odamlarni chuv tushayotgan firibgarlar hamon uchrab turibdi. Ana shunday firibgarlik jinoyati bilan yana bir shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.

Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2019 yilning mart oyidan oktyabr oyigacha bo`lgan davr ichida MChJlardan birining rahbari bo`lmish 44 yoshli Jangan E. 53 yoshli Ulug`bek S.ga uni Germaniyaga ishga jo`natishni va`da qilgan. O`z “xizmatlari” uchun esa ayol 5500 AQSh dollari olib, va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Sud tomonidan tilxat ko`rinishida ehtiyot chorasi ko`rildi.

"Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Sizga masalangizni hal qilishni va`da qilgan odamlarga notarius orqali rasmiylashtirmasdan turib pullaringizni berishga shoshilmang!" deb fuqarolarni ogohlantirmoqda IIB o`z xabarida.

Boshqa yangiliklar