Viloyat bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaroning qo`l yuklari o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`kazildi. Bu haqda Viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv natijasida fuqaro T.M. qo`l yuklari orasida bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilmasdan va deklarasiyalamasdan uchuvchisiz uchish apparatini yurtimizga olib kirishga uringanligi fosh etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.