13

Osiyo lisenzion turniri Bishkek shahrida o`tkaziladi

Sport 25.02.2020, 19:25
Теглар: turnir, Osiyo
471
Osiyo lisenzion turniri Bishkek shahrida o`tkaziladi

Sport kurashlari bo`yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chiptalari o`ynaladigan Osiyo qit`asining lisenzion turniri Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida o`tkaziladigan bo`ldi, deb yozmoqda Olamsport.

Bu ma`lumotni Birlashgan kurash dunyosi (United World Wrestling) prezidenti Nenad Lalovich ham tasdiqladi. Aslida bu musobaqaga Xitoy davlati mezbonlik qilishi kerak edi. Lekin Chin yurtida tarqalgan koronavirus sabab boshqa sport turlari qatori sport kurashlari turniri ham bekor qilindi.     

"Qirg`iziston hukumati hamda mamlakat sport kurashlari federasiyasi shunday nufuzli va shu bilan birga muhim ahamiyatga ega musobaqani qabul qilish istagini bildirganidan xursandman, - dedi Lalovich. - Olimpiada yo`llanmasi uchun kechadigan turnirda ishtirok etishni hamma ham xohlaydi, shu jumladan xitoyliklar ham. Bu mamlakat kurashchilari Serbiyaga jo`natildi. Ular u erda uzoqroq muddat qolishadi va karantin holatida bo`lishadi. Serbiya tomoni mashg`ulot va trenajyor zali, gilam, borsovkalar bilan ta`minlaydi. Qayta tekshiruvdan o`tishgach, hammasi joyida bo`lsa, Belgraddan to`g`ri Bishkekka yo`l olishadi". 

Ma`lumot uchun, Osiyo kvalifikasion turniri 27-29 mart kunlari bo`lib o`tadi. Finalga etib kelgan kurashchilar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo`llanmani qo`lga kiritishadi. So`nggi jahon lisenzion turniri esa 30 apreldan 3 maygacha qadar Bolgariyada o`tkaziladi. 

Шарҳлар