13

Koronavirus bo`yicha so`ngi ma`lumotlar e`lon qilindi. O`zbekistonda vaziyat qanday?

Jamiyat 27.02.2020, 08:10
4715
Koronavirus bo`yicha so`ngi ma`lumotlar e`lon qilindi. O`zbekistonda vaziyat qanday?

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 26 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra dunyo bo`yicha 80 995 nafar, Xitoy Xalq Respublikasida 78 190 nafar shaxslar “COVID-19” koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o`sish 411 nafarni (0.5%) tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 8 552 nafari og`ir ahvolda bo`lib, 2 718 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 37 ta davlatida 2 805 nafar fuqaroda qayd etilib, 29 nafar fuqaro vafot etgan.

Joriy yilning 26 fevral kunigacha bo`lgan muddatda Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan 4 724 nafar O`zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olindi. 4 218 nafar fuqarolarda 14 kunlik tibbiy kuzatuv davri yakunlangan bo`lib, bugungi kunda 506 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 25 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportiga horijiy davlatlardan 28 ta reys orqali 3 888 nafar, temir yo`llar orqali 6 ta poezdda jami 843 nafar shaxslar, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 2 006 ta avtotransportlarning egalari va 38 983 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazilgan, shulardan 14 nafari Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari hamda 2 nafari Xitoyda bo`lib qaytayotgan O`zbekiston fuqarolaridir.  

O`zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar, jumladan “COVID-19” koronavirus infeksiyasini kirib kelishini oldini olish maqsadida, bugungi kunda davlat chegaralarida 53 ta sanitariya-karantin punktlari (SKP) faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Respublika bo`yicha sanitariya-karantin punktlarida 19 ta portativ teplovizor, 132 ta pirometr, 169 ta elektron termometr va 1233 ta simobli termometrlar mavjud bo`lib, 2020 yil 25 fevral kuni qo`shimcha tarzda Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan 11 ta zamonaviy teplovizorlar olib kelindi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 26 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida “COVID-19” koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mamlakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda, deyiladi Agentlikning koronavirus infeksiyasiga qarshi markaziy shtabi xabarida

Шарҳлар