Qoraqalpog`istonda "tramadol" sotayotganlar qo`lga olindi

Jinoyat 27.02.2020, 16:43
431
Qoraqalpog`istonda "tramadol" sotayotganlar qo`lga olindi

Tarkibida giyohvandlik moddalari bo`lgan dori vositalarining yashirin savdosiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Elikqal`a tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro Yu.A. shartli xaridorga  jami3 980 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg.” nomli giyohvandlik dori vositalarini 20 million so`m evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga qolindi. 

Tadbir davom ettirilib, Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi  fuqaro A.A.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu shaxs xonadonidagi toshlar ostiga jami 400 dona “Tramadol Lannaxer 50mg.” yozuvli giyohvandlik dori vositalarini saqlayotganligi aniqlandi. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Шарҳлар