13

“Uzauto motors” ayollar uchun bahoriy aksiya e`lon qildi

Hi-tech 01.03.2020, 17:40
Теглар: “Uzauto motors”
2171
“Uzauto motors” ayollar uchun bahoriy aksiya e`lon qildi

Bugun bahorning ilk kuni. Barchamiz uchun eng quvonchli va eng kutilgan fasl kirib keldi. Bahor biz uchun nafaqat muloyim quyosh tafti va daraxtlardagi birinchi kurtaklar, balki eng yaxshi bayramlari bilan ham qadrlidir.

Ulardan biri — Xalqaro xotin-qizlar kuni. Bayram an`anasiga amal qilgan holda, “UzAuto Motors” AJ bahor boshlanishi va Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlangan aksiya boshlangani haqida e`lon qiladi.

Bahorning ilk haftasida, 2 martdan 8 martgacha davom etadigan mazkur aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirishni istagan barcha ayollarimiz ishtirok etishlari mumkin.

"Aziz ayollar!

Kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida bizning mutaxassislarimiz sizning avtomobilingizni barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshiradilar va keyingi foydalanish bo`yicha maslahat beradilar. Butun hafta davomida, shuningdek, avtomobilingizni yuvish, g`ildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va g`ildiraklarni moslashtirish (razval sxojdenie) kabi bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Aksiya o`tkazilish joyi Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Elbek ko`chasi 61 uyda (Mo`ljal: metro “Do`stlik-2”) joylashgan TRADE-IN Markazi.

Ushbu aksiyada ishtirok etish uchun siz 2 martga qadar bizning oddiy shartlarimizni bajarishingiz kerak.

1. Kompaniya sahifasiga obuna bo`ling: https://www.facebook.com/UzAutoMotorsOfficial/.

2. Telegram kanalimizga obuna bo`ling: @uzautomotorscom

3. Instagram sahifamizga obuna bo`ling: @uzautomotorsofficial

4. Ushbu postga “Yoqdi” (Like) tugmasini bosing.

5. Izohlarda ayol do`stlarni belgilang.

6. O`zingizning sahifangizda ushbu postni hamma uchun ochiq holatda bo`lishing.

G`oliblar tasodifiy sonlar generasiyasi orqali aniqlanadi.

TRADE-IN markaziga xush kelibsiz!

Biz sizga xizmat qilishdan hursand bo`lamiz!" deyiladi aksiya xabarida.

Шарҳлар