Madaniyat vazirligi ayollar qamoqxonasida bayram tadbirini tashkil etdi

Jamiyat 07.03.2020, 21:47
Теглар: Foto
1734
Madaniyat vazirligi ayollar qamoqxonasida bayram tadbirini tashkil etdi

Bugun Madaniyat vazirligi tomonidan 8 mart  - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan Toshkent viloyati, Zangiota tumani 21-sonli ayollar umumiy tartibdagi koloniyasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu bayram tadbiri o`z jazo muddatini o`tayotgan ayollarga bayramona zavq ulashish, qalblarida ertangi kunga umid uyg`otish, kelgusi hayotlarini ezgu amallar bilan davom ettirishga ruhlantirish maqsadida tashkil etildi. O`zbek Milliy akademik drama teatrining “Qirmizi olma” spektakli namoyishi, el sevgan aktyorlarning mahoratli ijrolari ayollarga manzur bo`lgani ularning  olqishlaridan yaqqol sezilib turdi.  Mahkumalarni tabriklash uchun so`zga chiqqan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jumladan shunday dedi: 

– Sizning o`rningiz oilada, farzandlaringiz yonida, bu joydan ketgach, hech qachon qaytgulik qilmasin, hamisha ezgu maqsadlar va orzular bilan yashang. Xabaringiz bor, kecha prezidentimiz 83 nafar ayolga amnistiya e`lon qildilar. Hech qachon umidingizni uzmang. Bayramlarni bundan keyin faqat o`z uyingizda, oilangiz bag`rida nishonlash nasib etsin. Bayramingiz muborak bo`lsin! 

Madaniyat vaziri ayollarni tabriklar ekan ularga imkon qadar har bayramda ularga konert-tadbirlar tashkillashtirishga so`z berdi. 

- Qaysi san`atkor bilan uchrashish, qaysispektaklni tomosha qilish istagingiz bo`lsa, bemalol aytishingiz mumkin. Bayramlarda ularni taklif etishga tayyormiz, - dedi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. 

Spektakldan so`ng, xonanda Feruza Jumaniyozova o`zining sho`x qo`shiqlari bilan mahkumalarning ko`nglini  shod etdi.

Шарҳлар

Samarqanddagi “BestTravel” sayyohlik kompaniyasi Dubaydagi vatandoshlarimizga beg`araz yordam ko`rsatmoqda (Foto)

03.04.2020, 16:44

Samarqanddagi "BestTravel" sayyohlik kompaniyasi jamoasi hamda volontyorlar bilan hamkorlikda hozirgi paytda yuzaga kelgan vaziyat tufayli Dubaydan o`z vataniga qaytib kela olmagan O`zbekiston fuqarolariga 10 kun...
14 kunlik tibbiy kuzatuvda bo`lgan 250 nafar yurtdoshlarimizda Koronavirus aniqlanmadi, ularga uylariga qaytishga ruxsat berildi

03.04.2020, 15:43

COVID-19 Koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida bir guruh vatandoshlarimiz xorijdan qaytarilmoqda. Xususan, “UFA-Andijon” 372-sonli poezdida Rossiyaning Moskva, Orenburg, Sankt-Peterburg va...
“Maxsustrans”ning 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari va 435 ta maxsus texnikalari kunlik ravishda dezinfeksiya qilinmoqda (Fotoreportaj)

23.03.2020, 14:31

Ma`lumki, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin e`lon qilinganligi va bunga ko`ra barcha davlat va jamoat joylarida sanitar-gigienik qoidalarga amal qilish choralari amalga...
Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari haydovchilarga niqob tarqatmoqda

23.03.2020, 14:00

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan xavfsizlik uchun niqob taqmay harakatlangan haydovchilarni ogohlantirib, ularga niqob tarqatmoqda.