Lisenzion turnirda o`zbekistonlik to`rt bokschidan bir nafari finalga chiqdi

Sport 10.03.2020, 18:41
Теглар: turnir, sportchilar
727
Lisenzion turnirda o`zbekistonlik to`rt bokschidan bir nafari finalga chiqdi

Tokioda bo`lib o`tadigan yozgi olimpiada o`yinlariga yo`llanma beruvchi havaskor boks bo`yicha saralash turnirida uch nafar o`zbekistonlik bokschi yarim finalda imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Erkaklar o`rtasida -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov chorak finalda tailandlik Titisan Panmotga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo`ygan bo`lsa. Elnur Abduraimov (-63 kg) mo`g`ulistonlik Chinzorig Baatarsuxni hakamlarning turfa qarori evaziga mag`lubiyatga uchratib, final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

-69 kg vaznda Bobousmon Baturov esa iordaniyalik Husayn Yashashga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa, Sanjar Tursunov – Yangi Zelandiya vakili David Nikaga 5:0 (hakamlardan biri so`nggi raundda Nikaga yirik hisobdagi g`alabani taqdim etdi) hisobida imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Shu tariqa kunduzgi dasturdan o`rin olgan bahslarda ringga chiqqan uch nafar o`zbekistonlik bokschi bronza medali bilan kifoyalanadigan bo`ldi. Elnur Abduraimov esa oltin medal uchun qozog`istonlik Zokir Safiullinga qarshi ringga chiqadi.

Kechki dasturda yana ikki o`zbekistonlik bokschi yarim final janglarida ishtirok etadi.

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Serik Temirjanov (Qozog`iston) (21:40dan so`ng)
+91 kg Bahodir Jalolov – Kumar Satish (Hindiston) (23:10dan so`ng).

Шарҳлар