Million jamoasining konserti ham qoldirildi

Madaniyat 15.03.2020, 19:00
Теглар: koronavirus, O`zbekiston, konsert
933
Million jamoasining konserti ham qoldirildi

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsert dasturi mamlakatga koronavirus qayd etilishi sababli bugundan e`tiboran to`xtatilgani haqida sal xabar bergan edik

Shuningdek “Million” jamoasining 28-30 mart, 1-6 aprel kunlariga mo`ljallangan konsertdasturi ham bekor qilindi. Bu haqda Qalampir xabar berdi.

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovning qayd etishicha, “Million” jamoasining konsert dasturi 27 iyun — 6 iyul kunlariga ko`chirilgan. 

“O`zbekkonsert” ikki konsertning xarid qilingan chiptalarining amal qilishi bilan bog`liq muammolar yuzaga kelmasligini, qo`shimcha ma`lumotlar berib borilishini va`da qildi, deyiladi xabarda.

Qadrli hamyurtlar, asosiysi – salomatlik. Mamlakatimizda fuqarolarning salomatligi xavfsizligini ta`minlash maqsadida karantin e`lon qilindi. Ammo koronavirus bilan bog`liq vaziyat sabab vahima ko`tarishga asos yo`q. Shu o`rinda virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilish talab etiladi.

Шарҳлар