AsosiyJinoyat

Qochoq ota poytaxtdan topildi

'Qochoq ota poytaxtdan topildi'ning rasmi

FIB Denov tumanlararo sudining 23.05.2019 yildagi qaroriga asosan qarzdor A.Shavqievdan ikki nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Oltinsoy tuman bo`lim ish yurituviga kelib tushgan.  

Ijro harakatlari davomida, qarzdorning 01.02.2020 yil holatiga aliment qarzdorligi jami 8 mln. 903 ming 560 so`mni tashkil qilib, ushbu aliment qarzdorligini undirish maqsadida qarzdorning ro`yxatda turgan manziliga bir necha marta borilganda, qarzdor ushbu manzilda yo`qligi aniqlangan.

Shu bois, qarzdorning ro`yxatda turgan manzilida undiruv imkoni bo`lmaganligi sababli, qarzdorga nisbatan 06.02.2020 yilda “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan, qarzdor jismoniy shaxsni qidirish to`g`risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan qidiruv surishtiruv ishlari natijasida qarzdor A.Shavqiev Toshkent shahrida ekanligi aniqlandi va MIB Oltinsoy tuman bo`limiga olib kelindi, qarzdorga nisbatan aliment to`lamaslik oqibatlari tushuntirilganda, barcha qarzdorliklarini to`liq qoplab berdi.  

Xuddi shuningdek, FIB Denov tumanlararo sudining 03.12.2018 yildagi qaroriga asosan S.Abdullaev uch nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo`lsada  S.Abdullaev jami 12 mln. 944 ming so`m aliment pullarini to`lamasdan qochib yurganligi sababli unga nisbatan ham Byuroning tuman bo`limi tomonidan qidiruv e`lon qilingan edi.  

Uch nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minotidan bo`yin tovlab qochib yurgan ota Toshkent shahridan topilib, MIB Oltinsoy tuman bo`limiga olib kelindi,va sobiq turmush o`rtog`ining notarial tartibda bergan arizasiga asosan ish yurituvdan tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar