13

Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishlari lozim?

Salomatlik 17.03.2020, 18:09
Теглар: homiladorlik, koronavirus
1611
Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishlari lozim?

Homilador ayollar koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanishi kirek? Ushbu savolga Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

“Koronavirus infeksiyasidan saqlanish bo`yicha homiladorlar uchun alohida ko`rsatmalar mavjud emas. Kasallik havo tomchi yo`li va muloqot orqali yuqish ehtimoli kuchli bo`lgani sababli, homilador ayollar ham barcha profilaktika choralariga va karantin talablariga amal qilishlari talab etiladi.   

Hozirda alohida toifalarni davolash usullari ham mavjud emas. Hozirgi kunda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti qanday toifaga mansub bo`lishidan, irqidan, millatidan qat`i nazar koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash bo`yicha ko`rsatmalarni ishlab chiqqan. Aynan shu davolash bayonnomalari asosida O`zbekistonda ham davolash chora-tadbirlari qo`llaniladi”. 

Шарҳлар