AsosiyJinoyat

Bir kunda 144 ta savdo huquqbuzarligi qayd etildi

'Bir kunda 144 ta savdo huquqbuzarligi qayd etildi'ning rasmi

O`zbekistonda oziq-ovqat va tibbiy mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishiga qarshi davlat soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti zarur choralarni amalga oshirmoqda.

Shunga qaramay, noqonuniy savdo faoliyati bilan shug`ullanishni davom ettirayotgan shaxslarga nisbatan nazorat tadbirlari o`tkazilib, qonuniy choralar ko`rilishi ta`minlanmoqda.

Xususan, 2020 yil 17 mart kuni respublika bo`yicha jami 158 ta nazorat tadbirlari o`tkazilib, chora ko`rish bo`yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqbuzarlardan 529,2 mln.so`mlik tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda olib qo`yildi.

Jumladan:  

🔹 17 holatda 290,8 mln. so`mlik tibbiy niqoblar;  

🔹 54 holatda 87,2 mln. so`mlik kartoshka;  

🔹 12 holatda 7,9 mln.so`mlik piyoz;  

🔹 21 holatda 11,7 mln.so`mlik o`simlik yog`i;  

🔹 40 holatda 116,6 mln.so`mlik boshqa turdagi tovarlar olindi. 

Boshqa yangiliklar