Navoiy viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan, 1983 yil Navoiy shahrida tug`ilgan, P. Aning arizasi yuzasidan tadbir olib borildi. Tadbir davomida, 1964 yil Karmana tumanida tug`ilgan, “Do`rman” MFYda yashovchi, shu tumandagi “ F bog`dorchilik uzumchilik” shirkati raisi I.R fuqaro P.Aga shirkat hududidan 12 sotix er maydoni olib berishini va`da qilib, undan Karmana tumanidagi “Fayz” nomli kafeda 6 million so`m pullarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.R ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyilgan Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.