13

Karantin nima maqsadda qo`llaniladi? Qachon uyda, qachon stasionarda amalga oshiriladi?

Salomatlik 20.03.2020, 19:41
Теглар: karantin, koronavirus
560
Karantin nima maqsadda qo`llaniladi? Qachon uyda, qachon stasionarda amalga oshiriladi?

Karantin nima maqsadda qo`llaniladi? Qanday sharoitda uyda, qanday sharoitda stasionar tartibda amalga oshiriladi?

 Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mazkur savollarga javob berdi:

"Karantin tadbirlarining ushbu kasallik tarqalgan paytda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini biz o`z boshimizdan o`tkazdik. O`zbekistonga kasallik tarqalgan hududlardan kelgan 4 nafar odam bilan muloqotda bo`lgan 19 kishida ushbu kasallik aniqlandi. 

Bundan ko`rinib turibdiki, biz dastlabki kunlardan karantin tadbirlarini o`tkazganimiz o`z samarasini berdi. Agar 19 bemorni vaqtida karantinga olmaganimizda bu kasallikni yanada ko`proq odamga yuqtirgan bo`lar edilar.  

O`zbekiston hududida ikki xil karantin amal qiladi. Qachonki O`zbekistonga fuqarolari kasallik tarqalgan hududdan uyushgan holda olib kelinadigan bo`lsa, karantin stasionar holatda, yakka tartibda olib kelinsa, uy sharoitida karantinga olinadi.  

Karantin nima degani? Karantin bu — cheklov. Kasallikning yashirin davrida cheklov e`lon qilinadi va tibbiy nazoratga olinadi. Qachonki, koronavirus yo`q ekaniga ishonch hosil qilinsa, u odam karantindan ozod qilinadi. 

Шарҳлар

Tibbiy niqoblar ishlab chiqarish hajmi kuniga 2 mln. 100 taga etkazildi

28.03.2020, 21:02

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig`i Dilshod Rahimov ishtirokida brifing o`tkazildi.  Unda maxsus ishchi guruh tomonidan infeksiyaning keng...