13

Respublikamizning chekka xududlarini internet bilan qamrab olish yuzasidan qanday ishlar olib borilmoqda?

Hi-tech 21.03.2020, 19:15
Теглар: koronavirus O`zbekiston
542
Respublikamizning chekka xududlarini internet bilan qamrab olish yuzasidan qanday ishlar olib borilmoqda?

Bugungi kunda karantin munosabati bilan ta`lim muassasalarida darslar to`xtatilgan, o`quvchilar uchun onlayn rejimda test topshiriqlari berib borilyapti. Ammo ayrim chekka hududlarda internet imkoniyatlari etarli emasligi sir emas. Xo`sh, respublikamizning chekka xududlarini internet bilan qamrab olish yuzasidan mas`ul idoralar tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda? Bu masala yuzasidan  Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o`rinbosari Qahramon Yuldashev quyidagicha izoh berdi:

"Hozirgi kunda, operatorlar tomonidan tarmoqlarni rivojlantirish rejalari bo`yicha ishlar to`xtovsiz davom etirilmoqda.  

O`zbekistonda koronavirus (COVID-19) pandemiyasi bo`yicha e`lon qilingan karantin rejimi vaqtida Mobil aloqa operatorlar tomonidan o`rnatilayotgan tayanch stansiyalari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan baza stansiyalarini ishga tushirish tartibini soddalashtirish, jumladan loyihalash uchun ruxsatnomalar taqdim etilishi yo`lga qo`yildi.  

Bugungi kunga kelib,  ushbu soddalashtirilgan tartib bo`yicha 100 dan ortiq baza stansiyalar muddatidan avval ishga tushirilmoqda".

@koronavirusinfouz

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Шарҳлар

COVID-19 koronavirusni hech qanday alomatlar bo`lmagan odamdan ham yuqtirish mumkinmi?

01.04.2020, 17:44

AOKAda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda fuqarolardan kelgan savollarga batafsil javob berildi. Ayniqsa N. Otabekov COVID-19 turdagi koronavirusning qanday...
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha koreyalik mutaxassis yurtimizda ish boshladi

30.03.2020, 18:16

Dunyoda pandemiya xuruj qilayotgan ayni paytda dunyo va Koreya Respublikasi tajribasi bilan tanishish, mamlakatimizda qo`llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish metodologiyasini o`rganish maqsadida xalqaro mutaxassis, Koreya Respublikasining...
Turk va xitoylik shifokorlar tomonidan koronavirusga qarshi dori yaratilganligi to`g`risidagi audio xabarlar feyk bo`lib chiqdi

28.03.2020, 21:26

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turk va xitoylik shifokorlar tomonidan koronavirusga qarshi dori ishlab chiqarilganligi to`g`risidagi audio xabarlar yolg`on va haqiqatga to`g`ri kelmaydi, deya ma`lum qildi koronavirus...
Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan erkak kim va nima uchun o`lganini izohladi

28.03.2020, 15:10

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi axborotiga ko`ra, 2020 yil 28 martning ayni paytiga qadar mamlakatimizda koronavirus iinfeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni...