Shahzoda Charlzda koronavirus aniqlandi

Dunyo 25.03.2020, 18:18
685
Shahzoda Charlzda koronavirus aniqlandi

Buyuk Britaniya taxti vorisi shahzoda Charlzda koronavirus aniqlandi.

Sky News nashri qirollik xonadoniga asoslanib xabar tarqatishicha, shahzoda Charlzning koronavirus testi ijobiy chiqdi. 

Bu haqda nashrga tayanib Kun.uz ma`lum qildi.

Klarens-haus xabariga ko`ra, ayni vaqtda 71 yoshda bo`lgan shahzodada koronavirus infeksiyasining engil simptomlari qayd etilgan, u o`zini yaxshi his qilayotgani qayd etilgan.

Shahzoda Charlz va uning rafiqasi Kamilla, gersoginya Kornuolskaya Shotlandiyadagi Balmoral qasrida ihotalanishgan. Shahzodaning 72 yoshli rafiqasida koronavirus tasdiqlanmagan.

Klarens-hausdagilarning qayd etishicha, shahzoda Charlz koronavirusni qaerda yuqtirganini aniqlash imkonsiz, chunki u so`nggi hafta davomida ko`plab ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan.

Shahzoda Charlz onasi qirolicha Elizaveta II bilan so`nggi marta 12 mart kuni uchrashgandi.

The Sun nashrining eslatishicha, mart oyida shahzoda Charlz Monako knyazi Alber II bilan uchrashgan, keyinroq knyazda koronavirus aniqlangandi.

Shahzoda Charlz Britaniya taxtining birinchi da`vogari sanaladi. 

  • Buyuk Britaniya dunyoda COVID-19 koronavirusi tarqalishi bo`yicha o`ninchi o`rinda bormoqda. Koronavirus Britaniyadagilarning 8 mingdan ortig`ida qayd etilgan, ularning 422 nafari vafot etgan, 135 kishi sog`ayib ketgan.

Шарҳлар