Qozog`istonda ikki bemor koronavirusdan to`liq tuzaldi

Dunyo 25.03.2020, 18:39
Теглар: koronavirus, Qozog`iston
840
Qozog`istonda ikki bemor koronavirusdan to`liq tuzaldi

Chet el OAVlarida tarqalayotgan xavotirli xabarlardan odam charchadi. Axborot makonida pozitiv xabarlar ham bor. Masalan, Qozog`istonda koronavirusga chalingan 2 nafar bemor to`liq tuzaldi. Ular ertaga, 26 mart kuni shifoxonadan chiqariladi. Bu haqda Respublika Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abaev ma`lum qilgan, deb yozmoqda Qalampir.

“Bugunning eng asosiy va quvonchli xabari: koronavirusga chalingan ikki nafar bemor ertaga shifoxonadan chiqariladi. Hozir ular doimgidek kuzatuvda, bemorlardan so`nggi nazorat tashxisi olinadi. Ammo shuni aytish kerakka, bu bizning koronavirus ustidan qilgan birinchi g`alabamizdir”, dedi u bugun bo`lib o`tgan brifingda.

Ma`lumot uchun bugun – 25 mart kungi ma`lumotlarga ko`ra Qozog`istonda yana 7 kishi koronavirusga chalingani, ular soni mamlakatda 79 nafarga etgani haqida xabar berilgan edi.

Шарҳлар

Qozog`istonda koronavirusga chalingan qiz kasallik haqida ilk bor ochiq gapirdi

27.03.2020, 19:15

Qozog`istonda KTK telekanali koronavirusga chalingan qizdan kasallik haqida eksklyuziv intervyu oldi, deb yozmoqda Tengrinews manbasiga tayanib Daryo.Takidlanishicha, avvalroq kasalxonaga yotqizilganlardan birortasi kasallik haqida gapirib berishni...
Qozog`istonda koronavirusdan sug`urtalash boshlandi

10.02.2020, 18:44

Qozog`istonning “Evrosiyo” sug`urta kompaniyasi mamlakat fuqarolarini koronavirusni davolash xarajatlarini qoplaydigan maxsus sug`urta dasturini taklif qilmoqda. Bu haqda Forbes nashrining qozoq xizmati manbasiga tayanib Sof.uz xabar...