AsosiyJamiyat

Karantinda mehnat ta`tili tugab, ishga chiqishi kerak bo`lgan xodim o`z hisobidan otpuskaga yuboriladimi?

'Karantinda mehnat ta`tili tugab, ishga chiqishi kerak bo`lgan xodim o`z hisobidan otpuskaga yuboriladimi?'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda karantinning mehnat ta`tiliga ta`siri borasidagi savoliga javob berildi.

❓24 martda otpusk (ya`ni mehnat ta`tili) olgan xodim 16 aprelda ishga chiqishi kerak.  Bu paytga kelib vaziyat o`nglanmasa, nima bo`ladi? Xodim o`z hisobidan otpuskka yuboriladimi?

❗️Agar 16 aprelgacha karantin va cheklov tadbirlari amalda bo`ladigan bo`lsa, xodim ish beruvchi bilan kelishib, faoliyat turidan kelib chiqib yo masofadan ishlashi, yo to`liq bo`lmagan ish rejimiga o`tkazilishi yoxud o`z hisobidan ta`til olishi mumkin. Bularning bari xodimning roziligi asosida amalga oshiriladi.  

 

Boshqa yangiliklar