AsosiyJinoyat

Surxondaryo viloyatida ko`rgazma video qilganlarga hukm o`qildi

'Surxondaryo viloyatida ko`rgazma video qilganlarga hukm o`qildi'ning rasmi

24 mart kuni ijimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan “Ko`rgazma videoni kim va qanday maqsadda olganligi noma`lum” sarlavhali video postda aks etgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgani haqida xabar bergan edik. 

Joriy yilning 25 mart kuni Ma`muriy ishlar bo`yicha Surxondaryo viloyati Angor tumani sudining ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi. Mazkur sud jarayonida olib borilgan surishtiruv va guvohlarning bergan ko`rsatmalariga asosan kam ta`minlangan va ehtiyojmand oilalarga qishloq xo`jaligi mahsulotlarining tarqatilishi jarayoni fuqaro B.I. tomonidan tasvirga olinib, “O`zbekistonda saxiylik uchun berilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini berish jarayoni video tasvirga olingandan so`ng qaytarib olinmoqda”, deya noto`g`ri talqin qilingan holda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganligi, bu bilan uning tuhmat, ya`ni bila turib yolg`on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganligi aniqlandi va unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o`n besh baravari, ya`ni 3.345.000 (uch million uch yuz qirq besh ming) so`m jarima jazosi tayinlandi.

 

    Boshqa yangiliklar