Joriy yilning 26 mart kuni soat 17:00 larda Oqdaryo tumani, “Turon” mahallasi, “Yangihayot-2” qishlog`ining ichki tosh qoplamali yo`lida 1999 y.t fuqaro M.F. boshqaruvidagi “Minsk” rusumli motosiklini tegishli hujjatlarsiz va elim motoshlemsiz boshqarib borib, rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida yo`lning chap tomon qismida joylashgan, fuqaro M.O.ning yashash uyining qo`shimcha xo`jaligi bo`lgan og`ilxonasi devor qismiga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, haydovchi M.F. og`ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Hurmatli yo`l harakati ishtirokchilari yo`llarda harakatlanganingizda “Yo`l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so`rab qolamiz.