Rossiya sog`liqni saqlash vazirligi 27 mart kuni o`zining veb saytida, atipik pnevmoniya keltirib chiqaradigan COVID-19 ning yangi turi SARS-CoV-2 ning oldini olish, tashxislash va davolash bo`yicha tavsiyalarni yangiladi.
Yangilangan axborotga ko`ra, virusni laboratoriya diagnostikasi, kasallikning og`irligiga qarab davolash tartibi hamda homilador ayollarda va yaqinda farzand ko`rgan ayollarda infeksiyani davolash bo`yicha yangi tavsiyalar qo`shilgan.
Tavsiyalarning yangi namunasida kattalardagi COVID-19 ni davolash uchun mumkin bo`lgan dorilar ro`yxati to`rtdan oltitagacha kengaytirilib taqdim etilgan.
Boshqa davlatlar tajribasidan allaqachon o`tgan, SARS-CoV va MERSCoV koronaviruslari bilan og`rigan bemorlarni davolashda foydalanilgan:
1. Birgalikda lopinavir va ritonavir (OIV infeksiyasini davolashda ishlatiladi),
2. Xlorokin va gidroksiklorokin (antimalarial vositalar),
3. Rekombinant interferon Beta 1b (IFN-b1b) (ko`p skleroz uchun ishlatiladi),
4. Rekombinant interferon Alfa-2b (IFN-a2b) (C gepatiti uchun ishlatiladi).
5. Kattalarda COVID-19 profilaktikasi uchun, intranazal (burun ichiga purkagich bilan) Alfa-rekombinant interferonni yuborish tavsiya etiladi.
6. homilador ayollarda COVID-19 ning oldini olish uchun — faqat rekombinant interferon alfa-2b.
Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligining alohida ta`kidlashicha, COVID-19 uchun to`g`ridan-to`g`ri antiviral preparatlar hali ishlab chiqilmagan.
COVID- 19 ni davolash uchun odatda romatoid artrit bilan kurashish uchun tocilizumab va sarilumabni buyurish mumkin. Ammo toksilizumabni koronavirusga qarshi qo`llash, og`ir nafas olish buzilish sindromi bo`lgan bemorlarda, Xitoyda ko`proq o`rganilganligi uchun, ko`p hollarda tocilizumab ko`plab bemorlarga tana haroratini normallashtirishga, preparatni bir martalik kiritishdan keyin (tomir ichiga 400 mg dan) klinik alomatlar va kislorodga bo`lgan ehtiyojni kamaytirishga imkon bergani aytilgan.
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda Yaporiyada klinik sinovlardan o`tgan dorilar qatoriga umifenovir, remdesivir, favipiravirli ham qo`shish mumkin.
Tavsiyalarning yangi namunasidan antiviral preparat ribavirin chiqarib tashlandi.
Bundan tashqari, bemorlarga o`pka va miya shishi oldini olish uchun infuzion terapiya tavsiya etilgan. Balg`am ko`chishini yaxshilash uchun balg`am ko`chiruvchi dorilar (asetilsistein, ambroksol, karbosistein) buyuriladi.
Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligi o`z tavsiyalarida virus bilan kasallangan odamlarga ko`p miqdorda suv ichishni maslahat beradi. Haroratning oshishi bilan parasetamolni qabul qilish kerak. 38.0-38.5ºS dan yuqori haroratlarda buyuriladi. Bosh og`rig`i, yuqori qon bosimi va og`ir taxikardiya uchun parasetamoldan foydalanish mumkin deyilgan.
Kuchli bakterial pnevmoniyada ceftarolin va linzolid eng universal antibiotiklar deb ataladi, chunki ular pnevmokokklar va stafilokokklarga qarshi yuqori faollikka ega. Agar o`tkir respirator siqilish sindromini) yoki ayrim a`zolar etishmovchiligi yuz berganda, odamlarda pnevmoniyani davolash zarurati tug`ilsa, shifokorlar mikrobiologik monitoring va kasallik tabiatga ko`ra, kasallikning bakterial florasini bostirish zarurligini inobatga olgan holda dori tanlash to`g`risida qaror qilishlari kerak.
Shifokorlarning urg`u berishlaricha, Fuqarolar o`zboshimchalik bilan yuqoridagi dorilarning samarodorligi haqida xulosa chiqarmasdan, koronavirus bilan o`z-o`zini davolash mumkin emasligini anglab etishlari kerak deyiladi xabarda.