my5

Koronavirus yuqqanini qanday bilish mumkin?

Salomatlik 28.03.2020, 12:31
Теглар: brifing, koronavirus
8624
Koronavirus yuqqanini qanday bilish mumkin?

Bu borada sizlarga Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan ma`lumotlar asosida quyidagi post orqali soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

COVID-19 kasalligining o`ziga xos ajralib turadigan alohida belgisi yo`q. U ba`zan hech qanday simptom hosil qilmasligi ham mumkin, lekin odatda shamollashga o`xshash belgilar bilan yuzaga keladi. Hozirgacha 550  mingga yaqin virus yuqtirgan odamlarni kuzatib JSST kasallikning quyidagi belgilarini xabar beradi.  

Belgi to`g`risidagi foiz - umumiy kasallanganlarning necha foizida shu belgi kuzatilganini bildiradi.  

👉 isitma - 87,9%  

👉 quruq yo`tal - 67,7%

👉 charchoq, holsizlik - 38,1%

👉 balg`am ajralishi - 33,4%

👉 anosmiya (hid bilishning yo`qolishi) - 30-66%

👉 nafas qisishi - 18,6%

👉 muskullarda yoki bo`g`imlarda og`riq - 14,8%

👉 tomoq og`rig`i - 13,9%

👉 bosh og`rigi - 13,6%

👉 sovqotib titrash - 11,4%

👉 ko`ngil aynishi va qusish - 5%

👉 burun bitishi - 4,8%

👉 diareya (ich ketishi) - 3,7-31%

👉 qonli balg`am tupurish - 0,9%

👉 konyuktivit - 0,8%

Mana shu belgilar borligi sizda aniq koronavirus bor degani emas, bu belgilar boshqa holatlarda ham kuzatilishini hisobga oling. Lekin shu belgilar kuzatiladigan bo`lsa og`iz burningizni maska bilan to`sib, o`zingizni boshqalardan izolyasiya qilib, yashash joyingizdagi sog`liqni saqlash tizimiga xabar bering. Xitoyda ham bu belgilar bilan kasalxonaga mln dan ortiq odam murojaat qilgan, test qilingach ularning akariyatida virus aniqlanmagan. Shu bois vahimaga berilmang, o`zingizni ehtiyot qiling. 

Шарҳлар