AQShda joriy yilning kuzida COVID-19 koronavirusining ikkinchi to`lqini kuzatilishi mumkin, biroq odamlar bunga yaxshiroq tayyorgarlik ko`rgan bo`ladi. Bu haqda Oq uyda bo`lib o`tgan brifing davomida AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, koronavirus davriy xarakterga ega va kuzda insondan insonga yuqishi mumkin bo`lgan engil bosqichda qaytadi.
Fauchining hisoblashicha, virusning ikkinchi to`lqini mamlakat hozirda duch kelgan vaziyat bilan taqqoslaganda boshqacha bo`ladi. Direktorning aytishicha, u vaqtga borib bir qator narsalar mutlaqo o`zgaradi, masalan, virusni to`xtatish imkoniyati va test o`tkazish.
«Hozirda boshimizdan o`tkazayotganlarimiz bu — shunchaki o`rganilgan darsdan ko`ra ko`proq narsa. Bular bizning hozirda bor narsamiz, oldin bu yo`q edi», — deydi infeksionist.
O`z navbatida AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat COVID-19 koronavirusining navbatdagi to`lqiniga tayyor ekanligini bildirgan. «Biz tayyormiz. Bu sodir bo`lmasligiga umid qilaman, lekin biz baribir tayyormiz», — deydi mamlakat rahbari.