Qonga singgan tozalik
Koronavirus sababli deyarli barcha mamlakatlarda odamlarga qo`llarini yuvib yurish, niqob taqish kabi tavsiyalar berilmoqda. Ammo bular Yaponiyada odatga aylanib bo`lgan. Bir faktga e`tibor bering, yaponlar koronavirus paydo bo`lishidan avval yiliga 5,5 milliard dona niqob ishlatishgan. Bu har bir fuqaroga o`rtacha 43 donadan niqob to`g`ri keladi degani. Jamoat transportida yursangiz, juda ko`p niqob taqqan odamlarni ko`rish mumkin edi. Yaponlar uchun har kuni cho`milish, qo`lni nam sochiqchada artish, imkon bo`lishi bilan qo`lni yuvish kundalik odatga aylanib bo`lgan.Yaponlar qo`l berib ko`rishmaydi. Ular o`z odatiga ko`ra ta`zim bilan salomlashadi. Bu esa virus yuqish ehtimolini kamaytiradi. Virus juda ko`p holatlarda qo`ldan qo`lga o`tadi.
Keling, bir boshidan sanaymiz.
1. Gigiena.
Yaponiyada bo`lganlar bilishadi, bu erda odamlardan, umuman hech narsadan hid tarqalmaydi. Albatta, qandaydir hid seziladi va bu odatda odamlar sepgan engil atir hidi bo`ladi. Chunki yaponlarda kuniga uch marta dush qabul qilish oddiy holat (kamida ikki marta). Imkon tug`ilganda qo`lni yuvish ham odatga aylangan.
2. Yaponlar tez-tez kiyimlarini almashtirishadi.
Ich kiyimlarini esa kuniga bir necha martagacha yangilashadi.
3. Odamlarga tegish beodoblik hisoblanadi.
Qo`l berib ko`rishish, quchoqlashish juda yaqin odamlar o`rtasidagina kuzatiladi. Har qanday holatda salomlashish uchun ta`zim ishlatiladi.
4. Oraliq masofa.
Yaponlar hayotning har jabhasida oraliq masofani ushlashga odatlangan. Do`kondagi navbatda, jamoat transportida, bankomat oldida hech kim qulog`ingiz tagida nafas olmaydi. Agar imkon bo`lsa, 1 metrdan ko`proq oraliq masofa saqlanadi.
5. Sanitar tozalash.
Qandaydir virus xavfi chiqqan vaqtda emas, umuman butun yil, kun davomida Yaponiyada hamma er tozalab turiladi. Jamoat joylari, jamoat transportlari, odam ko`p to`planadigan erlar doim tozalab, yuvib turiladi.
6. Hojatxonalar.
Butun mamlakatda hojatxona tekin va ular aql bovar qilmas darajada toza. Har qanday binoda toza hojatxonaga kirib yuvinib olishingiz, kiyimlaringizni, hatto ich kiyimlaringizni almashtirib olishingiz mumkin. Ular kiyim almashtirish uchun etarli darajada keng (shu o`rinda Yaponiyada jamoat joylaridagi deyarli hamma hojatxona unitazlari isitilishini aytish kerak.)
7. Hamma do`konlarda qo`l yuvish uchun rakovina va suyuq sovun bor.
8. Do`konlardagi barcha eguliklar selofan qopchalarga o`ralgan bo`ladi.
Hatto sabzavotlar bitta-bitta o`rab qo`yiladi. Shokolad olsangiz, u avval germetik selofan bilan, keyin yaltiroq qog`oz bilan o`ralgan bo`ladi.
9. Yaponlar kasal bo`lsa, albatta niqob taqadi.
Buning uyat tomoni yo`q. Hech kim uni qo`lini bigiz qilib ko`rsatmaydi.
10. Yaponlar boshqa mamlakatlarga borishni xushlamaydi.
Ularga dunyo xavfli bo`lib ko`rinadi.
11. Yaponiyada eguliklar sifati juda baland va ular qisqa vaqtli yaroqlilik muddati bilan chiqariladi.
Yaponiyada eguliklar sifatiga talab baland, chunki ular pishirish yordamida kam taom tayyorlaydi. Shu sabab eguliklar sifati shunchalik balandki ularni ikkilanmay xom holatda eyish mumkin. Eguliklarga ularni xom holatda eyish mumkin, deb yozib ham qo`yiladi.
12. Yaponlar juda ko`p harakat qilishadi.
Ular doim sport bilan shug`ullanishi katta yoshda ham tetik bo`lishini ta`minlaydi.
13. Yaponlar orasida semiz odamni deyarli uchratmaysiz.
Hatto katta yoshlilar orasida ham. Ayniqsa semiz ayolni deyarli ko`rmaysiz.