AsosiyJamiyat

Rasman: bugundan boshlab 65 yoshdan oshganlarga ko`chaga chiqish taqiqlandi

'Rasman: bugundan boshlab 65 yoshdan oshganlarga ko`chaga chiqish taqiqlandi'ning rasmi

Ayni paytda Respublika maxsus komissiyasi axboroti e`lon qilindi. Bu haqda Koronavirus Info rasmiy kanali xabar qildi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, bugun 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “o`zini yakkalash” (samo izolyasiya) hayot tarzi joriy etiladi. 65 yoshdan yuqori bo`lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat`iyan man etiladi.

Zarurat bo`lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do`koniga chiqishga ruxsat etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar