Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasi axboroti e`lon qilindi.
Komissiya qaroriga ko`ra, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Shundan kelib chiqib, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari bugun, 1 apreldan e`tiboran vaqtincha to`xtatiladi.
Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:
* Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi O`zekspomarkaz Milliy ko`rgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;
* Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo`limlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolg`iz keksalar, nogironligi bo`lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi ma`lumotni hududiy tegishliligi bo`yicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;
* jismoniy va yuridik shaxslarning beg`araz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigienik talablarga muvofiqligi ko`rikdan o`tkazilib, karantin talablariga qa`tiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan ta`minlangan holda) ehtiyojmandlarga etkazib beriladi;
* aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan etkazish istagida bo`lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va ko`ngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;
* ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi ma`lumotlar jamoatchilikka mentazam etkazib boriladi.
Pul ko`rinishidagi mablag`larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o`tkazish tavsiya qilinadi.
Ushbu tartibga kat`iy amal qilinishi talab etiladi.