my5
all

Afg`onistonga insonparvarlik yordami jo`natildi

Jamiyat 01.04.2020, 18:53
Теглар: Afg`oniston, insonparvarlik
704
Afg`onistonga insonparvarlik yordami jo`natildi

Bugun Prezidentimizning topshirig`iga muvofiq, koronavirus tarqalishining oldini olishga ko`mak berish maqsadida Afg`oniston Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami jo`natildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mamlakatimiz rahbari nomidan birodar afg`on xalqiga O`zbekistonning do`stona yordami sifatida yo`lga tushgan ezgulik poezdi – insoniyat uchun umumiy ofatga aylangan koronavirusga qarshi kurashda birinchi navbatda zarur bo`ladigan mahsulotlardan shakllantirilgan. Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlashga yordam beradigan teplovizor, pirometrlar, un, yog`, guruch, xo`jalik sovuni, shuningdek, afg`on bolalari uchun kiyim-kechak mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yo`nalishi bo`ylab jo`nab ketdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga muvofiq, shu paytgacha koronavirusdan eng ko`p aziyat chekkan bir qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi va Eronga insonparvarlik yordami jo`natilgan edi.

Шарҳлар