AsosiyDunyo

Koronavirusdan nega aynan Italiyada eng ko`p odam o`lgani ma`lum bo`ldi

'Koronavirusdan nega aynan Italiyada eng ko`p odam o`lgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Italiya sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga chalinganlarda o`lim holati ko`pligining sababi sifatidaqishning iliq kelganligi uchun shamollash (gripp) mavsumi oson o`tgani bilan izohladi. Bu haqda Italiya epidemiologlar assosiasiya jurnali ma`lumotiga tayangan holda Aniq.uz nashri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, shamollash tufayli bu mavsumda avvalgilarga qaraganda kamroq odam vafot etgan. Mamlakat shimolidagi farq 6 foizni. markazidagi farq esa 3 foizni tashkil qilgan.

Shu sababli, shamollash mavsumidan oson o`tib olgan 65 yoshdan katta insonlar koronavirus pandemiyasiga chalinishi ehtimoli yuqori bo`lgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Italiyada koronavirusdan kasallanganlar 110 mingdan oshib ketgan, vafot etganlar esa 13 155 kishini tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar