O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati yaqin 3 kun uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, 7-9 aprelda O`zbekiston hududiga Volgabo`yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Evropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.
7-9 aprelda respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 8 aprelda ayrim joylarga kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. Kechasi va 9 aprelda ertalab ayrim joylarda yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin.
7-8 aprelda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha etishi kutilmoqda. Havo harorati 7 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9 aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
8-9 aprelda respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi bor.