my5

Bosh vazir maslahatchisi lavozimida bir oydan ortiqroq ishlagan Botir Xo`jaev pensiyaga chiqdi

Siyosat 07.04.2020, 10:34
742
Bosh vazir maslahatchisi lavozimida bir oydan ortiqroq ishlagan Botir Xo`jaev pensiyaga chiqdi

O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining sanoatni va kooperasiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha maslahatchisi Botir Xo`jaev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "kun.uz" yozdi.

«Botir Asadillaevich Xo`jaev pensiyaga chiqishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining sanoatni va kooperasiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilinsin.

B.A.Xo`jaevning avvalgi lavozimi bo`yicha belgilangan tibbiy xizmat ko`rsatish sharoitlari saqlab qolinsin», deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida ishlagan Botir Xo`jaev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga o`tkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xo`jaev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi. 2020 yilning fevralida esa u Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etildi va bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Шарҳлар