AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlarning jinsi, yoshi va hududi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda koronavirusga chalinganlarning jinsi, yoshi va hududi ma`lum qilindi'ning rasmi

SSV O`zbekistondagi holat bo`yicha aniq satistikani havola etdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir.

Bemorlarning yoshi:

0-9 yoshgacha – 20 nafar (4%);

10-19 yoshgacha – 29 nafar (5,8%);

20-29 yoshgacha – 84 nafar (16,7%);

30-39 yoshgacha – 132 nafar (26,2%);

40-49 yoshgacha – 137 nafar (27%);

50-59 yoshgacha – 72 nafar (14,3%);

60-69 yoshgacha – 22 nafar (4,4%);

70-79 yoshgacha – 7 nafar (1,4%);

80 yoshdan yuqori bo`lganlar 1 nafar (0,2%)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor Toshkent shahrida davolanmoqda.  

Shuningdek:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 16,

Andijon viloyatida 61,

Buxoro viloyatida 84,

Namangan viloyatida 51,

Farg`ona viloyatida 70,

Xorazm viloyatida 18,

Qashqadaryo viloyatida 6,

Navoiy viloyatida 2,

Samarqand viloyatida 1,

Jizzax viloyatida 1 nafardan 

Bemorlar hududlardagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

Shu o`rinda aytish kerakki, laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro`yxatdan o`tgan joyidan qat`iy nazar karantinda bo`lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o`tkazilmoqda.

Shu kunga qadar 30 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog`aygan.

@koronavirusinfouz

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Boshqa yangiliklar