my5
Sevimli

AQShdagi o`zbeklar koronavirusga qarshi dori ishlab chiqdi. Ular Alisher Usmonovdan yordam so`rashmoqda

Jamiyat 09.04.2020, 08:41
Теглар: koronavirus
AQShdagi o`zbeklar koronavirusga qarshi dori ishlab chiqdi. Ular Alisher Usmonovdan yordam so`rashmoqda

AQShda yashayotgan o`zbekistonliklar asos solgan Amerikaning Immix BioPharma Inc. kompaniyasi rahbarlari koronavirus qarshi dori ishlab chiqdilar. Endi ular milliarder Alisher Usmonovga o`z dori vositalarini respublikamizda ishlab chiqarish va tarqatishda yordam so`rab xat yuborishdi, deb xabar bergan podrobno.uz muxbiri.

Eslatib o`tamiz, oldinroq taniqli tadbirkor va o`zbekistonlik mesenat Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O`zbekistonga 20 million dollar ajratibgina qolmay, balki unga qarshi dori paydo bo`lishi bilan uni sotib olib kelishga va`da bergan edi.

Milliarderga yozgan xatida ta`kidlanganidek, Immix BioPharma Inc. Amerikaning MannKind farmasevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirus natijasida kelib chiqqan o`tkir respiratorli asoratlarni oldini olish uchun ingalyatorning asosiy tarkibiy qismi bo`lgan quruq kukunni shakllantirish va tayyorlashga kirishdi. Shuningdek, kompaniya burun spreyi, ingalyator va tomir ichiga yuborish orqali koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini oladigan innovasion usullarni taklif etadi.

Doimiy rivojlanayotgan va o`zgarib turadigan patogenlarga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda an`anaviy yondashuvlardan farqli o`laroq, Immix BioPharma Inc. har yili alohida grippga qarshi emlash yoki turli xil virusli patogenlarning o`ziga xos molekulalarini nishonga asoslangan dorilar ishlab chiqqan. Dunyoda analogi bo`lmagan noyob nafas olish patogenlari uchun universal xavfsiz va ishonchli platforma va patentlangan nano-kapsullangan kurkumin kompozisiyasi:

"O`zbekiston Immix BioPharma Inc. bilan hamkorlikda noyob innovasion dori-darmonlarni chet elda chiqarishni buyurib, koronavirusning O`zbekistonda tarqalishini to`xtatish va tashqi bozorlarga eksport qilish imkoniyatiga ega. Bu, o`z navbatida, mamlakatni global biotexnologiya sanoatida birinchi o`ringa olib chiqadi", deydi dori ishlab chiqaruvchilari.

Immix fikriga ko`ra, hamkorlikdagi birinchi qadam koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun tomir ichiga yuborishdir, chunki birinchi dozadan keyin ikkinchi kuni bemorning ahvoli yaxshilanishi kutilmoqda. Avstraliya va Amerikadagi klinik sinovlarda saraton kasalligining to`rtinchi bosqichini davolashda ishlatiladigan dorilarni ishlab chiqqan o`zbekistonlik shifokorlar dunyoda birinchi bo`lib koronavirus bilan og`rigan bemorlarni davolashda ishlatadigan noyob doridan foydalanish imkoniga ega bo`ladilar.

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi

27.11.2021, 11:19

2021 yil 26 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192599 (+218) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum...
Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik soni ko`paygani tufayli yangi cheklovlarni joriy etdi

27.11.2021, 00:32

Evropa koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko`paymoqda, deya xabar bermoqda Associated Press xabar berdi. Jumladan, Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik holatlari sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Oxirgi sutkada...
O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi

25.11.2021, 10:05

Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.2021 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni...
Fransiyada koronavirusning navbatdagi to`lqini boshlandi

22.11.2021, 23:34

Fransiya hukumati mamlakatda koronavirusning navbatdagi to`lqini boshlanganini ma`lum qildi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi. Mamlakat Bosh vaziri Gabriel Attalning so`zlariga ko`ra, bir hafta ichida koronavirus infeksiyasining yangi...