my5

Madaniyat vazirligi IIV xodimlarini haqoratlagan Yulduz Usmonovaga dakki berdi

Madaniyat 04.05.2020, 15:20
4406
Madaniyat vazirligi IIV xodimlarini haqoratlagan Yulduz Usmonovaga dakki berdi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova "Pryamoy Efir"da milisiyani qattiq tanqid qilganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Bu lavhalar keng jamoatchilik tomonidan turli muhokamalarga sabab bo`lgan edi.

 Madaniyat vazirligi ushbu videolavhaga e`tirozli munosabatini bildirdi.

" - Yurtimizga kelgan sinovlar paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar noo`rindir, shuningdek, san`atkorning xabari bo`lmasa kerak, ikki oy davomida o`z oilasi va uyiga xattoki bormayotgan milisiya xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yo`q. Chunki, ular xalqning tinchligi yo`lida kunni kun, tunni tun demay mehnat qilishyapti.

Bir ishning ortidan milisiya xodimlarini ayblash xato bo`lsa kerak, eslang, Yulduz Usmonova undan oldin OAVlar orqali milisiya xodimlariga minnatdorlik bildirgan kuningizni. Endi, bir achchiq gap bilan ularga bildirgan nafratingiz bu nimaning dalolati? Mayli, achchiq ustida gapirilgan gaplarni ijtimoiy tarmoqqa chiqarishingiz bu nimasi?

Bugun mamlakatimizda barcha jam, ya`ni Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar xodimlari, shifokorlar bularning zaxmatkash mehanatini bugun xech bir narsa bilan tenglashtirib bo`lmaydi.

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik shukuhini ta`minlab berayotgan Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar xodimlari hamda shifokorlarga Madaniyat vazirligi o`z minnatdorligini bildiriladi”, deyiladi xabarda.

Шарҳлар