Butun dunyoda koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya ortga chekinib, asta-sekin futbol musobaqalari yana qaytmoqda. Osiyo mamlakatlari ichida eng ilg`ori hisoblangan Koreya 1 ligasi musobaqasi start oldi.
Jonli futbolni sog`inib qolgan muxlislar qiziqishidan kelib chiqqan holda, Uzreport Janubiy Koreya milliy chempionati — Key Ligasi o`yinlari translyasiyasi huquqini sotib oldi. Bu haqda t-me/futboltv xabar berdi.
Mazkur chempionatning o`zbekistonlik futbol muxlislari uchun yana bir e`tiborli tomoni shundaki, ushbu musobaqada bir qator o`zbek futbolchilari legioner sifatida to`p surishadi. Jumladan, Jamshid Iskandarov «Seongnam»da, Rustam Ashurmatov «Kvanju»da, Doston Tursunov "Pusan Ay Park"da, Ikrom Aliboev esa «Seul» klubida to`p surmoqda.
Futbol TV telekanalida Key Ligadan ilk namoyish 10 may kuni hamyurtimiz Ikrom Aliboev to`p surayotgan «Seul» hamda «Kanvon» klublari ishtirokidagi o`yin bilan boshlanadi.
Translyasiya doirasida Key Liga g`olibligi uchun asosiy da`vogar jamoalar uchrashuvlari namoyish etiladi.
Koreya Key ligasida 1 2ta jamoa qatnashadi. Musobaqalar 8 maydan 8 noyabrgacha o`tkaziladi.