my5

Pensiyalar yana avvalgidek sayyor kassalar orqali tarqatiladi — Xalq banki

Iqtisodiyot 14.05.2020, 20:31
634
Pensiyalar yana avvalgidek sayyor kassalar orqali tarqatiladi — Xalq banki

Pandemiya davrida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan vaqtinchalik chora sifatida pensiya va nafaqa pullari plastik kartalarga o`tkazilayotgan edi.  

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirig`i bilan  ayrim pensionerlarimizning e`tirozlari hisobga olinib, ushbu tartib bekor qilindi. Endilikda AT Xalq bankining avvalgi amal qilib kelingan pensiya tarqatish tizimi, ya`ni bank sayyor kassalari orqali karantin talablariga qat`iy rioya qilingan holda pensiya va nafaqa mablag`lari sterillangan naqd pul ko`rinishida fuqarolarimizning yashash manzillariga etkazib beriladi. Bu haqda Xalq banki Axborot xizmati xabar berdi.

"Pensiya va nafaqa bilan bog`liq savollaringiz bo`lsa, kechayu kunduz tartibda ishlayotgan 11-06 yoki (71) 210-20-02 “Ishonch telefonlari”ga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin. 

Hurmatli fuqarolar! Karantin davrida ko`chaga chiqmang va biz sizning pensiya va nafaqa pullaringizni belgilangan grafik muddatlaridan kechiktirmagan  holda uyingizga etkazib beramiz!" deyiladi xabarda.

Шарҳлар