my5

Tojikistonda Shavkat Mirziyoevga "Tojikiston qahramoni" unvonini berish taklif qilindi

Siyosat 15.05.2020, 09:38
1040
Tojikistonda Shavkat Mirziyoevga "Tojikiston qahramoni" unvonini berish taklif qilindi

 Tojikistonlik 70 yoshli Hoji Muhammadiso ota Shavkat Mirziyoevga "Tojikiston qahramoni" unvonini berish taklifini bildirib chiqdi. Bu haqda regnum.ru saytida yozildi. 

Uning ma`lum qilishicha, Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Prezidenti bo`lganidan so`ng Tojikiston bilan o`zaro qo`shnichilik aloqalari tubdan o`zgargan, kutilganidan ham yaxshii darajaga chiqqan.  

U kishining ta`kidlashicha O`zbek va Tojik xalqi ham yaxshi qo`shnichilik siyosatini qo`llagan. Shavkat Mirziyoev bilan Emomali Rahmon birgalikda uzoq yillar davomida yig`ilib qolgan muammolarni hal qilgan.

O`zbekiston koronavirusga qarshi kurashida Tojikistonga eng ko`p yordam berayotgan davlat ham bo`lib turibdi. O`zbekiston rahbari bu mukofotga loyiq, degan u kishi "Aziya-Plyus" internet nashriga.

Eslatib o`tamiz, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon O`zbekistonga 2018 yilgi tashrifi chog`ida "El-yurt hurmati ordeni" bilan taqdirlangan.

 

Шарҳлар