my5

“O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi korxonalar yilning eng yaxshi brendlari qatoridan o`rin oldi

Iqtisodiyot 15.05.2020, 21:53
718
“O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi korxonalar yilning eng yaxshi brendlari qatoridan o`rin oldi

"AdWeek"  - III  reklama va marketing haftaligi doirasida “Yilning eng yaxshi brendi” mukofoti sohiblari e`lon qilindi. Unda “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi korxonalar 2019 yilning eng yaxshi brendlari degan e`tirofga loyiq deb topildi. Bu haqda “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rasmiy kanali ma`lum qildi.

Ushbu tanlov milliy marketing  mutaxassislari va iste`molchilar tomonidan ilk bor onlayn tarzida ovoz berish orqali o`tkazilgan bo`lib, unda "Yil brendi” sifatida e`tirof etilganlar qatorida “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ham o`rin olgan.

Xususan, "Yilning eng yaxshi salqin ichimligi" nominasiyasida  mutaxassislar va iste`molchilar "Coca Cola" ichimligini bir ovozdan g`olib deb topishdi.  

Kolbasa mahsulotlari so`rovnomasida esa eng yaxshi brend deya ”Rozmetov” tan olindi.  

Shuningdek, qandolat mahsulotlari yo`nalishida  "Crafers" "Yil brendi" mukofotga sazovor bo`ldi.

Ma`lumot o`rnida, "Yilning  eng  yaxshi  brendi" mukofoti O`zbekiston bozorida o`z marketing g`oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan eng faol kompaniyalarga beriladi. Loyihaning maqsadi - ichki bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, shuningdek, yurtimizda tadbirkorlik, marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasi rivojlantirishni ko`zda tutadi.

Шарҳлар