my5

Qarshida padarkush 80 yoshli nogiron otasi va o`zini tiriklayin yoqib yuborib, halok qildi

Jinoyat 17.05.2020, 13:44
2449
Qarshida padarkush 80 yoshli nogiron otasi va o`zini tiriklayin yoqib yuborib, halok qildi

Joriy yilning 15 may kuni soat 14:30da Qarshi shahri Temiryo`lchi mahallasi Barlos ko`chasi 20-uyda yong`in sodir bo`lgani va buning oqibatida ikki kishi dunyodan ko`z yumgan. Bu haqda Postda.uz xabar bermoqda.

Mudhish hodisaning dastlabki tafsilotlaridan ma`lum bo`lishicha, shu manzilda yashovchi fuqaro, 1974 yilda tug`ilgan, og`ir turdagi jinoyatlarni sodir etgani uchun muqaddam ikki marta sudlangan Sh.A. otasi 1-guruh nogironi bo`lgan 80 yoshli J.A. bilan o`zaro kelishmovchilik tufayli doimiy ravishda janjallashib keladi. 

O`sha kuni esa uyga o`zi bilan elim idishda benzin yonilg`isi va temir zanjir olib keladi hamda ko`zi ko`rmaydigan, yurolmaydigan ojiz ahvoldagi keksa otasining va o`zining ustiga benzin sepib yuboradi. So`ngra temir zanjirning bir uchini o`zining oyog`iga, ikkinchi uchini isitish quvuriga bog`laydi. Uni to`xtatmoqchi bo`lgan akasining turmush o`rtog`i, uy bekasi A.E.ga qarshilik ko`rsatib, o`ziga va otasiga o`t qo`yadi.  Buning natijasida ular og`ir kuyishdan vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар