my5
all

Firibgarlar bank kartasi parolini bilmasdan qanday pul echib olishlari mumkinligi tushuntirildi

Hi-tech 19.05.2020, 20:33
963
Firibgarlar bank kartasi parolini bilmasdan qanday pul echib olishlari mumkinligi tushuntirildi

Bank kartasini rasmga olib, uni kimgadir jo`natish yoki ijtimoiy tarmoqda e`lon qilish xavflimi? Bank kartasi raqamini qo`lga kiritgan kishi undagi mablag`ni qanday o`zlashtirishi mumkin? Axir karta parolini bilmaydi-ku. O`zbekiston Markaziy banki firibgarlar bundan qanday foydalanishi mumkinligini tushuntirdi.

Bank kartasi ustidagi raqamlari, ya`ni rekvizitlar – karta egasini unifikasiya va identifikasiya qilish hamda kartaning amal qilish muddatini belgilaydi.  Shuningdek, rekvizitlar bank kartasini masofaviy xizmat ko`rsatish tizimiga ulash uchun foydalaniladi.  

Bank kartasidagi raqamlar boshqa shaxsga oshkor bo`lib qolishi xavf tug`dirmaydi. Ammo begona shaxslar tomonidan karta egasining ruxsatisiz masofaviy xizmat ko`rsatish tizimiga ulanish uchun karta rekvizitlari kiritilganda, karta egasining uyali telefoniga SMS-xabarnoma xizmati orqali maxfiy kod yoki raqamli xabarnoma keladi. Agar mazkur xabar (kod) begona shaxsga oshkor bo`lsa, ularda masofadan turib kartadagi mablag`ni o`zlashtirish imkoni tug`iladi. Ya`ni karta egasi mablag`ini firibgarlarga o`zlashtirish uchun sharoit yaratib bergan bo`ladi.

Misol uchun, firibgar o`zini bank xodimi yoki turli aksiyalar tashkilotchisi sifatida telefonda tanishtirib, kartaga ma`lum miqdorda mablag` o`tkazib berishni taklif qilgan holda, bank kartasi egasining mobil telefoniga kelgan “tasdiqlovchi kod”ni so`rashi mumkin. Bunday holatda, ushbu kodni ularga zinhor oshkor qilmaslik kerak hamda mazkur shaxslar haqida ichki ishlar organlariga xabar berish lozim.

Bank kartasi egasining mobil telefoniga “SMS-xabarnoma” xizmati orqali kelgan maxfiy kodni boshqa shaxslarga oshkor qilmasligi bank kartasidagi mablag`ning boshqalar tomonidan o`zlashtirilish imkonini yo`qqa chiqaradi.

Шарҳлар